Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston energetika tizimida ilk bor yirik gidro to‘plash e | MINENERGY.UZ

O‘zbekiston energetika tizimida ilk bor yirik gidro to‘plash elektr stansiyalar (GAES) barpo etiladi

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov hamda XXRning “China Southern Power Grid International (HK) Co., Ltd” kompaniyasi Boshqaruvi raisi Chjan Tanji qiymati 1 mlrd 640 mln AQSH dollariga teng, quvvati 820 MVt bo‘lgan 3 ta loyiha: “Yuqori Pskem” GTES (quvvati 200 MVt), “Qarateren” GTES (500 MVt) hamda “Yuqori Pskem” GES (120 MVt) gidroinshootlarini qurish bo‘yicha Anglashuv memorandumini imzoladilar.

Memorandum doirasida dastlab o‘zbek-xitoy kompaniyalari tomonidan qo‘shma ishchi guruhi tarkibini shakllantirish borasida kelishib olindi. Qo‘shma ishchi guruhi tomonidan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqiladi. Bu jarayonga xalqaro toifadagi ekspert-mutaxassislarni ham jalb etish ko‘zda tutilgan.

Mazkur loyihalar 2030-yilga qadar to‘liq quvvatda ishga tushiriladi.

GTESlarning ishga tushirilishi natijasida yiliga o‘rtacha 3 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 835 mln 655 ming kub metr tabiiy gaz tejaladi. Shuningdek, atmosferaga chiquvchi zararli is gazi miqdori kamayishiga erishiladi.

Loyihalar to‘liq quvvatda ishga tushirilgach, 1 mln 600 mingdan ortiq aholi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube