Get Mystery Box with random crypto!

Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida umumiy quvvati 900 MVt | MINENERGY.UZ

Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida umumiy quvvati 900 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi barpo etilmoqda.

Mazkur yirik investitsiya loyihasi doirasida yangi bug‘-gaz qurilmalarining ishga tushishi natijasida yiliga qo‘shimcha 7,2 mlrd kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Yuqori energiya tejamkor texnologiyalar hisobiga yiliga 520 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Ushbu bug‘-gaz qurirmalari 2025-yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Bu haqda batafsil “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda tanishishingiz mumkin.

@minenergy_uz