Get Mystery Box with random crypto!

“ACWA Power” kompaniyasi raisi boshchiligidagi delegatsiya a’z | MINENERGY.UZ

“ACWA Power” kompaniyasi raisi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Shirin energetika kollejida bo‘ldi

Bugun, 28-aprel kuni Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi raisi Muhammad Abunayyan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Sirdaryo viloyatidagi Shirin energetika kollejiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Shirin energetika kollejida “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyihalar jarayoni va kelgusidagi rejalar koʻrib chiqilib, hamkorlikni yanada kengaytirish uchun yangi loyihalar joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tashrif davomida kollejning bir guruh ingliz tili oʻqituvchilari va talabalari kompaniya tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

—————

Члены делегации во главе с председателем правления компании «ACWA Power» посетили Ширинский энергетический колледж

Сегодня, 28 апреля, члены делегации во главе с председателем правления саудовской компании «ACWA Power» Мухаммадом Абунайяном посетили Ширинский энергетический колледж в Сырдарьинской области.

В ходе визита были рассмотрены ход реализации проектов, осуществляемых совместно с компанией «ACWA Power» в Ширинском энергетическом колледже и планы, а также обсуждены вопросы внедрения новых проектов для дальнейшего расширения сотрудничества.

Также, в ходе визита группа преподавателей английского языка и студентов колледжа были награждены сертификатом компании.

@minenergy_uz