Get Mystery Box with random crypto!

Energetika vazirligi xodimlari o‘rtasida kamondan otish sport | MINENERGY.UZ

Energetika vazirligi xodimlari o‘rtasida kamondan otish sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Xabar berganimizdek, Prezidentimizning tegishli qaror va farmonlariga asosan Energetika vazirligi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida tizimli sport tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, bugun, 24-sentabr kuni O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasi bilan hamkorlikda Energetika vazirligi xodimlari o‘rtasida kamondan o‘q otish sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlik markaziy apparatida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etib, 1-2-3-o‘rinlar nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

@minenergy_uz
@prminenergy