Get Mystery Box with random crypto!

Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari Sergeli tuman hoki | MINENERGY.UZ

Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari Sergeli tuman hokimligida sayyor qabul o‘tkazmoqda

Bugun, 23 sentyabr kuni Toshkent shahrida 2022-2023 yillar kuz qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

Unda bir qator vazirlik va idoralar, hokimliklar rahbar va mas’ullari, Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari tomonidan aholining energiya resurslari bilan ta’minlash yuzasidan murojaatlari qabul qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ommaviy sayyor qabul Respublikamiz hududlari bo‘ylab o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati


@minenergy_uz
@prminenergy