Get Mystery Box with random crypto!

Energetika vazirligi tizimidagi “Issiqlik elektr stansiyalari” | MINENERGY.UZ

Energetika vazirligi tizimidagi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalarida ishlab chiqarish quvvatlari barqarorligini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent issiqlik elektr markazining 27 MVt quvvatga ega qurilmasida 2022-yilning 7-sentyabr kuni soat 00:00 dan soat 05:45 gacha qisqa muddatli profilaktika ishlari olib borildi.

Ta’mirlash ishlari jarayonida qurilmaning asosiy va yordamchi uskunalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

Ushbu ishlar iste’molchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik uchun tungi, iste’mol minimum bo‘lgan vaqtda to‘liq bajarildi.

Asosiy maqsad, iste’molchilarni elektr va issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlashdan iborat.

@minenergy_uz
@prminenergy