Get Mystery Box with random crypto!

Kichik mobil gibrid quyosh fotoelektr stansiyasi yaratildi En | MINENERGY.UZ

Kichik mobil gibrid quyosh fotoelektr stansiyasi yaratildi

Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan quvvati 2 kVt bo‘lgan kichik mobil gibrid quyosh-yoqilg‘i elektr stansiyasi yaratildi.

Ushbu qurilmaning afzalligi shundaki, u kunduz kuni quyosh orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradi, shuningdek, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini o‘zida saqlaydi. Quyosh botgan paytda yoqilg‘i orqali (benzin, dizel) ham elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

Qurilma aholi xonadonlari, fermer xo‘jaliklari, olis cho‘l hududlari, elektr tarmog‘i tortib borilishi qiyin bo‘lgan olis tog‘li hududlarda elektr energiyasidan uzluksiz foydalanish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

@minenergy_uz
@prminenergy