Get Mystery Box with random crypto!

Yashnobod va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta | MINENERGY.UZ

Yashnobod va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda

Bugun, soat 21:10 da Toshkent shahrining Yashnobod va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli 110 kV tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi.

Buning natijasida, Yashnobod tumanining Aviasozlar, “Gʻalabaning 40 yilligi” massivlari, Muxtor Ashrafiy ko‘chalari va Mirobod tumanining Fitrat, Yangi Zamon, Inoqobod, Fayzobod, Eski Otchopar, Oqbilol ko‘chalarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hozirda Energetika vazirligi, Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa fursatda (1,5 soatda) yakunlanadi va elektr ta’minoti qayta tiklanadi. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

@minenergy_uz
@prminenergy