Get Mystery Box with random crypto!

#Qonunchilikdagi_yangiliklar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘lla | Iqtisodiyot va moliya vazirligi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi sudlarga murojaat qilganda boj to‘lamaydi

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ–855) bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy hamda ma’muriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

O‘z navbatida, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari ham da’vo va shikoyatlar yuzasidan davlat bojini to‘lamaydi.

Jamg‘armaning davlat bojidan ozod etilishi hisobiga shakllangan mablag‘lar tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga yo‘naltiriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube