Get Mystery Box with random crypto!

Aziz do’stlar, bugun TASHKENT INDEX qurilish jarayoni bilan ta | MIMAR Group

Aziz do’stlar, bugun TASHKENT INDEX qurilish jarayoni bilan tanishtirib o’tamiz. Ayni paytda qurilishining 2-bosqichi o'z yakuniga yetib bormoqda.

Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish maydonlarida qurilish ishlari jadal ravishda olib borilmoqda. Ikkinchi bosqichda H6, H7, H8 ishlab chiqarish bloklari foydalanishga topshiriladi.

Savdo va tijorat maydonlari qurilishida E2, F1, F2, G1, G2 bloklar qurilishi davom etmoqda. A1, A2, B1, B2, C1 bloklarida qurilish ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Bu yerda oziq-ovqat, maishiy texnika, qurilish, xo’jalik, tekstil, kosmetika, mebel va universal do’konlar tashkil etiladi.

Shu bilan birga, R1, R2, R4 restoran bloklari qurilishi davom etmoqda.

TASHKENT INDEX tijorat markazida qurilish ishlari barcha qurilish qoidalariga amal qilgan holda olib borilmoqda. Majmuaning 2-bosqichi ishga tushishi 2022 yil oxirida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

[читать на русском языке]

www.mimar.uz
+998559009999

Facebook | Instagram | Telegram