Get Mystery Box with random crypto!

Ustoz otangday ulug'. Ota atalmish zot insonni samodan yerga | O'zMTDP Sirdaryo viloyat kengashi

Ustoz otangday ulug'.

Ota atalmish zot insonni samodan yerga tushirsa , ustoz esa uni yerdan samoga olib chiqadi.

Haqiqatan ham, dunyodagi ming-minglab kasblar orasida qaysiki buyuk kasb bo'lsa u ham o'qituvchilik kasbidir. o’qituvchilik kasbi borki, toki hayot bor ekan, o’zining ma’no-mazmunini va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yo’qotmaydi.


Xalqimizda ilm o’rganmoq igna bilan quduq qazishga qiyoslanadi. Biroq ilm o’rgatmoq zaxmati undan-da mashaqqatli. Zero, oqu-qorani farqlay olmaydigan go’dak olimlik rutbasiga yetishi uchun taxlam-taxlam kitoblarni o’qishning o’zi kamlik qiladi. Ustoz bu ishga butun borlig’ini, mehrini baxsh etadi. Darhaqiqat, minglab murg’ak qalblarga oqu-qorani tanitadigan, ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, kelajakka tiyrak nigox tashlashga o’rgatadigan, yoshlar qalbida ertangi kunga qat’iy ishonch uyg’otadigan, shogirdlari uchun hayotning achchiq-chuchuk sinovlarida doimo yordamga shay turadigan, qoqilsa - suyab, yiqilsa - turg’izadigan, yutuqlaridan boladek quvonadigan o’qituvchi va murabbiylar mehnatining o’lchovi, qiyosi yo’q.

Bugungi kunda ta'lim tizimida olib borilayotgan islohatlar sababli yuksak bilimli, zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va amaliy kasb-hunarlarga mutaxassislar kelajagimiz bo'lgan yoshlarga ta'lim tarbiya berib kelishmoqda.

Chindan ham so'nggi yillarda ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan zahmatkash xodimlarini qo'llab-quvvatlash, ularni qo'shimcha rag'batlantirish hamda ish faoliyatlarini yengilashtirish borasida samarali ishlar amalga oshirildi.Jumladan barcha o'qituvchi ,murabbiy ,professorlarning oylik maoshlari sezilarli darajada oshirildi.

Shu o'rinda mamlakatimizda yoshlarga o'z ta'lim tarbiyasini tolmay, sabot bilan o'rgatib kelayotgan fidoiy soha xodimlarini 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar " kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.Mashaqqatli umr yo'lingizda sog'lik salomatlik tilayman.Bayramingiz muborak aziz ustozlar.

O'zMTDP Sirdaryo viloyati kengashi raisi N.Soatov.