Get Mystery Box with random crypto!

nega H2O dagi O gibridlanadiyu H2S dagi S gibridlanmaydi qis | Миллий сертификат (педагогларга) кимё фанидан

nega H2O dagi O gibridlanadiyu H2S dagi S gibridlanmaydi

qisqa izoh: S ning orbital hajmi va yadrodan uzoqligi sabab orbitallarning o'zaro potensial ta'sirlari O ga nisbatan kam. Ikkovida ham P orbitallar 90 gradus burchak ostida o'zaro perpendikulyar joylashadi va bu optimal fazoviy holat hisoblanadi. Bu atomlarga H bog'lanayotganda optimal potensial ta'sirlarni va H orbitalini ushlab qolib minimum energetik holatda yana o'zini saqlashi kerak. S ning keng orbital doiraga egaligi va markazdan uzoqligi (3-pog'onaligi) sabab H orbitallarining potensial ta'siri atigi 2 gradus burchakka buradi (92), bu esa qolgan orbitallarning gibridlanmasdan biroz o'ngroq va biroz chaproqqa surilib oldingi 90 gradus burchakda saqlanib qolishiga imkon beradi va natijada orbitallarning gibridlanishiga hojat qolmaydi. H2O dagi kislorodda esa aksincha, H orbitallari kislorod p orbitallariga bog'lanayotib O ning normal 90 gradus burchaklarini 104,5 gacha o'zgartiradi va p orbitallarning (gantel shaklini eslang) ikkinchi uchlari o'zaro yaqinlashadi va qolgan orbitallarning ham normal holatini buzib noqulaylik tug'diradi. Natijada ular potensial ta'sirni kamaytirish maqsadida biroz markazdan qochib asosiy potensial ta'sir qismini (katta boshini) tashqariga yo'naltiradi, markazga esa kichik potensial qismini (kichik boshini) qoldiradi va fazoviy barqarorlikka erishadi.

Ustoz Bunyod Raxmanov
kanal
@ChemOfficer
Murojaat Admin
@online_dars_qabul

bizga qo'shiling va kuchlilar qatoridan joy oling