Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz tili o'qituvchilariga 50 foiz ustama beradigan sertifik | Milliy sertifikat | DTM

Ingliz tili o'qituvchilariga 50 foiz ustama beradigan sertifikatlar RO'YXATI (yangilangan)

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil “28”-iyuldagi 25 q/q- va 4 x/x-son qarorlariga muvofiq, quyidagi sertifikatlarning tegishli darajalari uchun INGLIZ TILI O'QITUVCHILARIning bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 50 foizlik ustamalar to'lash belgilangan. Ular:

1. Milliy sertifikat (CEFR, Multi level) - С1
2. IELTS - 7.0
3. TOEFL iBT - 95
4. TOEFL ITP - 627 (Speaking - 64)
5. Cambridge Assessment English (CAE) - 180
6. TESOL, TESL, TEFL*
7. CELTA**
8. DELTA**
Module 1-2-3 - Pass, Pass A, Pass B
9. TKT Module 1-2-3 - Band 3-4

10. Linguaskill (01.08.2023 ga qadar olingan) - C1
11. Aptis (01.08.2023 ga qadar olingan) - C
12. iTEP (01.08.2023 ga qadar olingan) - C1
13. TOEIC (01.08.2023 ga qadar olingan) - 1305

* - Vazirlik tomondan qaror 5-bandi a yoki b talablarini bajarganda
** - Vazirlik tomondan qaror 6-bandi a yoki b talablarini bajarganda

Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy ro'yxatidan o‘tgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Home Edition, Remote testing va boshqa) onlayn olingan sertifikatlar uchun USTAMA TO'LANMAYDI!
Manba: @uzteachers

https://t.me/MilliySertifikat