Get Mystery Box with random crypto!

Openbudjet haqida hazil she'r Openbyudjet degan so‘z Tilimizd | Milliy sertifikat | DTM

Openbudjet haqida hazil she'r

Openbyudjet degan so‘z
Tilimizda yod bo‘ldi.
Kimga quvonch kimga shodligu,
Kimga faryod bo‘ldi.

Ming ovoz evaziga,
Mashinasin ku‌ygan kim.
Ku‌cham asfalt bu‌lsin deb,
Qo‘chqorini so‘ygan kim.

Omon bo‘lsin mayliga,
Bir yo‘lini topganlar.
Bir baklashka yog‘ uchun,
Ovozini sotganlar.

Kimning ko‘ngli tor keldi.
Kimning ko‘ngli keng keldi.
Bir ovozning baxosi,
Tillolarga teng keldi.

Ovozim qimmat deya,
Narxini oshirib nozlar.
Endi bir pulga qimmat,
Berilmagan ovozlar.

Ovoz yig‘ib xaryoqdan,
Yuguruldi chopildi.
Vanixoyat du‌stlarim
Openbyudjet yopildi!

(muallif)

https://t.me/MilliySertifikat