Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 26-avgust kunlari Jizzax viloyatida Innovatsion rivojlan | Innovatsiyalar Milliy ofisi

Bugun 26-avgust kunlari Jizzax viloyatida Innovatsion rivojlanish vazirligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi, Jizzax viloyati hokimligi tomonidan “Innoweek-2022” innovatsion g’oyalar ko’rgazmasi faol ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o`tkazildi.

Mazkur Ko‘rgazmada 31 ta tadbirkorlik subyekti, 4 ta oliy ta’lim muassasasi, 3 ta ilmiy tadqiqot muassasalari tomonidan 130 dan ortiq innovatsion ishlanmalar, texnologiyalar va mahsulotlar namoyish etildi.

Technoways texnologik rivojlanish marafonining 32 nafar iqtidorli yoshlari o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari bilan ishtirok etdilar.

“Innoweek-2022” innovatsion g’oyalar ko’rgazmasida faol ishtirok etganlar, joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida o’tkaziladigan INNOWEEK-2022 Xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligiga yo’llanmani qo`lga kiritishdi.

@milliyofis