Get Mystery Box with random crypto!

Gent Universitetida tashkil etilgan yozgi maktabda o'zbek mate | Ўзбекистон Математиклари

Gent Universitetida tashkil etilgan yozgi maktabda o'zbek matematiklari faol qatnashmoqda.

"Singularities in Science and Engineering" nomli yozgi maktab 2022-yilning 22-avgustidan 31-avgustiga qadar Gent universitetida tashkil etilgan bo'lib, bunda dunyoning eng ilg'or matematik olimlari maruzalar qilmoqda.  Jumladan Yuri Luchko, Virginia Kiryakova, Maria Ragusa, Sanja Konjik, Stevan Pilipovic, Mihalis Kolountzakis, Arran Fernandez, Ingo Witt, Prasun Roychowdhury va boshqa mashxur olimlar matematikaning yangi sohalariga doir ishlarini maruza va  ilmiy baxslar qilishmoqda.

E'tiborli jihati shundaki  o'zbek matematiklari, jumladan V.I. Romanovskiy nonidagi matematika Instituti Namangan bo'limi Katta ilmiy hodimi Erkinjon Karimov, Farg'ona Davlat Universiteti katta o'qituvchisi Azizbek Mamanazarov va V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti tayanch doktoranti Bahodirjon Toshtemirovlar ushbu yozgi maktabda faol qatnashmoqdalar.