Get Mystery Box with random crypto!

'Bunday tadqiqotlar ta'lim tizimini yanada rivojlantiradi..' | Milliy markaz

"Bunday tadqiqotlar ta'lim tizimini yanada rivojlantiradi.."

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan xalqaro TALIS tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o'tkazilmoqda.

Jarayonlarda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olingan respublikamizdagi 30 ta maktabning rahbarlari va 600 nafarga yaqin o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

Tajriba-sinov uchun tanlab olingan maktablardan biri Shayxontohur tumani 102-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining ayrim o‘qituvchilari mazkur tadqiqot haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Batafsil: https://tsbm.uz/oz/news/talis-tadqiqotining-tajriba-sinov-jarayonlari-otkazilmoqda

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram