Get Mystery Box with random crypto!

#TALIS TALIS tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o'tkazilm | Milliy markaz

#TALIS
TALIS tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o'tkazilmoqda!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yihcha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan TALIS tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o'tkazilmoqda. Asosiy tadqiqot so'rovnomalarini sifatli yaratish uchun muhim bo'lgan tajriba-sinov jarayonida 30 ta maktablar ishtirok etayotgan bo'lib, ushbu maktablar va ishtirokchi o`qituvchilar IEA tomonidan tasodifiylik tamoili asosida tanlab olingan.

Ma'lumot o'rnida:
TALIS
(Teaching and Learning International Survey) — o'qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta'lim muhiti va boshqaruvini baholashga qaratilgan birinchi hamda eng yirik xalqaro tadqiqot. Tadqiqot maktab o'qituvchilari va direktorlariga kasbiy va pedagogik rivojlanishlari bo'yicha nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o'z fikrini bildirish imkonini beradi.
Tadqiqotning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o'qitish va o'rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ta'lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo'nalishlarni ko'rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma'lumotlar taqdim etish.
TALIS Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan joriy etilgan bo'lib, Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA), Avstraliya ta'lim tadqiqotlari kengashi (ACER), Kanada statistika markazi kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
TALIS davriy ravishda 2008, 2013 va 2018 yillarda o'tkazilgan bo'lib, 2024 yilda bo'lib o'tadigan to'rtinchi siklida O'zbekiston ilk marotaba ishtirok etadi.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram