Get Mystery Box with random crypto!

#Seminar #PISA #PIRLS #TIMSS Joriy yilning 9-dekabr kuni Ta | Milliy markaz

#Seminar #PISA #PIRLS #TIMSS

Joriy yilning 9-dekabr kuni Ta’lim Inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Buxoro davlat pedagogika instituti bilan hamkorligida “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishda pedagogika oliy ta’lim muassasalarining roli” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

Vebinarda Buxoro davlat pedagogika instituti direktori va professor-o'qituvchilari hamda Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Mazkur vebinarda “O‘zbekistonning xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish holati va istiqboldagi rejalar”, “Timss dasturi o`quvchilarning tabiiy fanlar bo`yicha savodxonligini rivojlantirish omilidir”, “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishda pedagogika oliy ta’lim muassasalarining roli” mavzulari bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram