Get Mystery Box with random crypto!

#Seminar #Matematiksavodxonlik #PIRLS #TIMSS Joriy yilning 5 | Milliy markaz

#Seminar #Matematiksavodxonlik #PIRLS #TIMSS

Joriy yilning 5-dekabr kuni Toshkent viloyati, Olmaliq shahar 19-IDU maktabida Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda seminar va mahorat darslari tashkil etildi.

Seminar-treningda tayanch maktablar hamda ularga biriktirilgan maktablarning matematik savodxonlik bo'yicha trener-o‘qituvchilari ishtirok etib, xalqaro tadqiqot dasturlari PIRLS, TIMSS, PISA haqidagi tasavvurlarini boyitish, o‘quvchilarning amaliy, fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda ushbu tadqiqotlar roli haqida ma’lumotlarga ega bo'ldilar.

Shuningdek 5-, 7-, 9-sinf o'quvchilari ishtirokida amaliy mashg'ulotlar o'tkazilib, o'quvchilar tomonidan berilgan javoblar tahlil qilinib, ularga xalqaro tadqiqotlarga doir topshiriqlar bilan ishlash bo'yicha amaliy harakterdagi tavsiyalar berildi.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram