Get Mystery Box with random crypto!

#MMTest 1 - Xabardorlikni oshirishga oid 10 ta test. | Milliy markaz

#MMTest 1 - Xabardorlikni oshirishga oid 10 ta test.

8-savol.
Quyidagi tadqiqotlarning navbatdagi o'tkazilishi qachonga rejalashtirilgan?
PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS.
Javob.
TIMSS - 2023-yilga
TALIS - 2024-yilga
PISA - 2025-yilga
PIRLS - 2026-yilga

Izoh:
TIMSS dasturi o'zining birinchi tadqiqotini 1995-yildan boshlagan bo'lib, har to'rt yilda (1995, 1999, 2003, 2007, 2011, 2015 va 2019-yillarda) tashkil etib kelmoqda. Navbatdagi 8-davriylik (2023-yil)da amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadqiqotda O'zbekiston ilk marotaba ishtirok etishi ko'zda tutilgan.
TALIS dasturining birinchi tadqiqoti 2008 yilda o'tkazilgan va har besh yilda (2008, 2013 va 2018 yillarda) tashkil etib kelindi. Ammo, navbatdagi 4-davriylik 2023-yilga emas, balki 2024-yilga rejalashtirilgan (tadqiqot obyekti qamrovi kengaytilmoqda). O'zbekiston ushbu 4-davriylikda ilk marotaba ishtirok etishi belgilangan.
PISA dasturi 2000-yilda ilk tadqiqotini o'tkazgan bo'lib, har uch yilda (2003, 2006, 2009, 2012, 2015, 2018-yillarda va COVID-19 pandemiyasi tufayli 2021-yilda emas, balki 2022-yilda) tashkil etilgan. O'zbekiston ilk marotaba 2022-yilda ishtirok etdi. Navbatdagi 9-davriylik 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
PIRLS tadqiqoti har besh yilda bir marta o'tkaziladi va hozirgacha besh marta: 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda o'tkazilgan. Oxirgi o'tkazilgan tadqiqotda O'zbekiston ilk marotaba ishtirok etdi. Navbatdagi 6-davriylik 2026-yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu savolga hozircha 900 tadan ortiq javoblar yo'llandi! To'g'ri javob berganlar soni 235 nafar.

Dastlabki to'g'ri javob yo'llagan 10 nafar respondentlar:
1. Jizzah viloyati Jizzax shahar Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
Mavlonbek Doniyarov (22.11.2022 12:02:12)
2. Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumani 11-maktab
Yulduzxon Ergasheva (22.11.2022 12:04:59)
3. Jizzah viloyati Paxtakor tumani 14-maktab
Munira Islamova (22.11.2022 12:07:16)
4. Xorazm viloyati Xonqa tumani XTB metodist
Nilufar Abdullayeva (22.11.2022 12:09:55)
5. Andijon viloyati Andijon shahar 35-DIUM
Иродахон Эшпулатова (22.11.2022 12:10:19)
6. Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumani 29-maktab
Gulchinor Tadjimuratova (22.11.2022 12:14:41)
7. Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahar 31- IDUM
Gulnara Bekbergenova (22.11.2022 12:16:04)
8. Toshkent shahri Yunusobod tumani 288-maktab
Gulchehra Kasimova (22.11.2022 12:18:53)
9. Farg'ona viloyati Rishton tumani 27-maktab
Айгуль Мухамадиева (22.11.2022 12:19:32)
10. Samarqand viloyati Samarqand tumani Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi
Maxbuba Raximqulova (22.11.2022 12:43:05)

SHUNINGDEK, BARCHA JAVOB YO'LLAGANLARGA HAM MINNATDORCHILIK BILDIRAMIZ!

To'liqroq ma'lumot BU YERDA.

Murojaat uchun: @DS_adminbot

Yangi bilimga ega bo'lganingizdan mamnunmiz!Do'stlaringizga ham ulashing!

Milliy markazning rasmiy sahifalariga
ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram