Hurmatli magistr qizlar! Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 | Milliy Universitet (O'zMU)
Hurmatli magistr qizlar!
Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) bilan Davlat OTMning magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Shu sababli davlat OTMning magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan talaba xotin-qizlar (talabgorlar) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlari bundan mustasno) o‘zlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etishlari kerak.
Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.