Get Mystery Box with random crypto!

Pesochniy olchali pirog. Kerakli mahsulotlar. 200 gr marga | 🥗 Milliy Taomlar 🍜 | Uyda qoling ✅

Pesochniy olchali pirog.

Kerakli mahsulotlar.


200 gr margarin;
️ 1 ta tuxum;
0,5 stakan shakar;
️ 2 stakan un;
️ 1 osh qoshiq qaymoq;
razrixritel;
️ 2 osh qoshiq kraxmal;
️ 600 gr olcha;
️ 2 osh qoshiq shakar upasi.

️ Tayyorlanishi

Tog'orachaga un, razrixritel, shakarni solib aralashtiriladi. Tuxum, qaymoq va yumshatilgan margarinni aralashtirilgan aralashmaga qo'shib hamir qoriladi. Hamirnib3 dan 1 qismini salafanga solib muzlatkichga muzlatish uchun 30 daqiqaga yoki undan ko'proq vaqtga qo'yiladi. Pirog uchun maxsus formaga 2 sm qalinlikda hamirni yoyib solinadi. Olchalarni danaklarini ajratib suvinibsilqitib olinadi va kraxmal qo'ahib aralashtiriladi, so'ng hamir ustiga solinadi.
Yarim yaxlab ulgurgan hamirni muzlatgichdan olib yordamida olchalar ustidan sepib chiqiladi. 180 darajada qizib turgan gaz pechiga 45 daqiqaga olchali pirogni qo'yiladi. Pirog pishgandan so'ng oxirigacha sovushini kutib shakar upa sepib chiqiladi. Bunday shirinlik har bir oila a'zosiga yoqadi degan umiddamiz

Yoqimli ishtaha!