Get Mystery Box with random crypto!

SAVOL. Assalomu alaykum, milliy sertifikat imtihonlarida kalku | Milliy Sertifikat

SAVOL. Assalomu alaykum, milliy sertifikat imtihonlarida kalkulyator, mendeleyev jadvali va shunga oʻxshash qoʻllanmalardan foydalanishga ruxsat beriladimi?

JAVOB.Test sinovi o‘tkazilayotgan auditoriyaga har qanday qo‘llanma, adabiyotlar, telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirish qat’iyan man etiladi. Test sinovini o‘tkazish jarayoniga turli xatti-harakatlar bilan salbiy ta’sir qilish: boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish, savollar kitobi varaqlarini yirtish, savollar kitobini boshqa talabgorlarga berish, test sinoviga ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng yozishni davom ettirish, boshqa talabgorga birorta buyum uzatish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat_matem