Get Mystery Box with random crypto!

​ 2023-yilgi kirish imtihonlarida tushadigan testlarning 50-70 | Milliy sertifikat | INFO

2023-yilgi kirish imtihonlarida tushadigan testlarning 50-70% qismini o'rta darajadagi savollar tashkil etadi!

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:

2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi.

Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.

Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida;
o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70% oralig‘ida;
qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida.

Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi