Get Mystery Box with random crypto!

2023-2024-o‘quv yilida Fan olimpiadasining maktab bosqichini o | Milliy sertifikat | INFO

2023-2024-o‘quv yilida Fan olimpiadasining maktab bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar hamda muddatlari

16 ta fan bo‘yicha tashkil etiladigan olimpiadalarning maktab bosqichlari quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:

9-sinflar uchun: 2023-yil 15-20-sentyabr;
10-sinflar uchun: 2023-yil 21-25-sentyabr;
11-sinflar uchun: 2023-yil 26-30-sentyabr.

Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

Keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan o‘quvchilar hamda ularning o‘qituvchilari haqidagi ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining olympiad.uzedu.uz axborot tizimiga joylashtiriladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi