Get Mystery Box with random crypto!

TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlan | Milliy sertifikat | INFO

TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Bilim
va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP  imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatdan o'tishlari va to'lovni amalga oshirishi my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 24-sentabr soat 10:00 ga qadar davom etadi.

Imtihonlar 26-sentabr kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Muljal:Bodomzor metro bekati) kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi va natijalar o'sha kuni ma'lum bo'ladi.

TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi)

TOEFL Itp sertifikati xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

TOEFL Itp — ma’lumot | qo‘llanma;

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi