Get Mystery Box with random crypto!

MILLIY SERTIFIKAT

Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT M
Kanaldagi mavzular:
Savollarga
Статистика
Qabul
Abituriyent
Итобразование
Astrumkoreaitacademy
Глобальныеитспециалисты
Будущееит
Образовательныеинновации
All tags
Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT
Kanaldagi mavzular:
Savollarga
Статистика
Qabul
Abituriyent
Итобразование
Astrumkoreaitacademy
Глобальныеитспециалисты
Будущееит
Образовательныеинновации
All tags
Kanal manzili: @milliy_sertifikat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33.41K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Milliy sertifikatlar haqida blog!
(Bilimni baholash agentligiga aloqamiz yoʻq)
💬 Guruh linki: @milliyfikrlar
🤖 Bot: @milliy_sertifikatlar_bot
🖥️ Platforma: ytest.uz / metest.uz
🔖 Reklama: @milliys_reklama
🗣️ Murojaat uchun: @ms_adminn

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2024-06-15 08:34:11
#savollarga_javoblar

SAVOL: Chet tilidan B1 darajadagi sertifikat uchun ball beriladimi?

JAVOB: oliy ta’lim muassasalariga qabulda chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat uchun ushbu fandan maksimal ball beriladi. B1 darajadagi sertifikat uchun ball berilmaydi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
15.5K views05:34
Ochish/sharhlash
2024-06-13 18:59:36
ytest.uz saytida mavjud matematika fanidan milliy sertifikat formatidagi namunaviy testlar:

Matematika 1-test
Matematika 2-test
Matematika 3-test
Matematika 4-test
Matematika 5-test
Matematika Jamlanma (1-5-testlar)
Matematika 6-test

Natijalarni tekshirish uchun har bir savolga beriladigan ballar va kalitlar ham savollar kitobidan oʻrin olgan.

ytest.uz saytidan Kirish yoki Boshlash tugmalari orqali roʻyxatdan oʻting. Milliy sertifikat testlari (PDF) boʻlimidan testlarni yuklab oling

Kanalga aʼzo boʻling:
@milliy_sertifikat
6.9K views15:59
Ochish/sharhlash
2024-06-12 17:45:01 Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 11-12, 18-19-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 13-maydan va 12-iyunga qadar(dam olish kunlaridan tashqari) gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

Unda 69 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq bir haftada e’lon qilinadi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
9.3K views14:45
Ochish/sharhlash
2024-06-12 16:42:10
Toshkent amaliy fanlar universitetida 2024/2025-o'quv yili uchun qabul boshlandi!

Ariza topshirish onlayn va bepul: utas.uz/request

Yo‘nalishlar:

Iqtisodiyot:
• Bank ishi va auditi
• Iqtisodiyot
• Buxgalteriya hisobi va audit
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Pedagogika:
• Pedagogika
• Psixologiya
• Boshlang‘ich ta’lim
• Maktabgacha ta’lim
• Tarix

Tillar va adabiyot:
• Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili
• O‘zbek tili va adabiyoti

Kompyuter injiniringi (IT):
• Axborot xavfsizligi
• Kompyuter injiniringi

Batafsil ma'lumot uchun:
+998712000540
7.0K views13:42
Ochish/sharhlash
2024-06-12 10:32:45 Kimyo hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2024-yil 26-may kuni o‘tkazilgan kimyo hamda geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
65 - 69,9 ball — A daraja;
60 - 64,9 ball — B+ daraja;
55 - 59,9 ball — B daraja;
50 - 54,9 ball — C+ daraja;
46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
11.2K views07:32
Ochish/sharhlash
2024-06-12 07:59:41 Kimyo va geografiya fanlaridan boʻlib oʻtgan milliy sertifikat imtihoni natijalari my.gov.uz saytidagi kabinetda koʻrina boshladi. Tekshirib koʻring. Omad

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
9.2K views04:59
Ochish/sharhlash
2024-06-11 23:55:56 Sertifikatlarning amal qilish muddati va ularni tekshirish
#Abituriyent #Sertifikat #Qabul2024

Abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks etadi. Mazkur sertifikatlarni dasturga kiritish talab etilmaydi.

Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga (my.uzbmb.uz saytiga) kiritish lozim.

Dasturga kiritilgan sertifikatlarning haqiqiyligi va belgilangan talablarga mosligi Bilimni baholash agentligi tomonidan tekshiriladi va ularga 3 xil status beriladi:

Sertifikat dasturga kiritilganda – “Tekshirilmoqda”.

Sertifikatning haqiqiyligi va imtiyoz berish uchun talabga javob berishi aniqlanganda – “Tasdiqlandi”.

Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmasa yoki imtiyoz berish uchun talabga javob bermasa – “Tasdiqlanmadi”.

Bunda sertifikat abituriyent tomonidan noto‘g‘ri yuklanib, rad etilgan taqdirda, sertifikatni qayta yuklash mumkin.

Izoh: Sertifikatlarni tekshirish murakkab jarayon bo‘lib, ma’lum vaqt talab etadi.

— — —

Milliy sertifikatlarning amal qilish muddatini hisoblashda abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan sana mezon sifatida olinadi.

Misol uchun, sertifikatning amal qilish muddati 20-iyun kuni yakunlansa:

Abituriyent 20-iyungacha bo‘lgan muddatda ro‘yxatdan o‘tsa, sertifikat inobatga olinadi.

Abituriyent 21-iyun kuni yoki undan keyin ro‘yxatdan o‘tsa, sertifikat inobatga olinmaydi.

— — —

Xalqaro sertifikatlarning amal qilish muddatini hisoblashda sertifikat dasturga yuklangan sana mezon sifatida olinadi.

Misol uchun, sertifikatning amal qilish muddati 20-iyun kuni yakunlansa:

Abituriyent sertifikatni 20-iyungacha bo‘lgan muddatda dasturga kiritsa, sertifikat inobatga olinadi.

Abituriyent sertifikatni 21-iyun kuni yoki undan keyin dasturga kiritsa, sertifikat inobatga olinmaydi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
11.1K viewsedited  20:55
Ochish/sharhlash
2024-06-11 15:37:41 Ona tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat formatidagi namunaviy testlar ytest.uz saytiga joylashtirildi

Har biri 45 ta topshiriqdan iborat jami 4 ta turli xildagi savollar kitobi saytga yuklandi. Oʻz oʻrnida har bir savollar kitobidagi 45 tadan topshiriqning 1-32-savollari 4 ta variantli test, 33-35-savollar 6 ta variantli moslashtirishni talab etadigan topshiriqlar va 36-45-savollar 2 qismli ochiq turdagi savollardir. Xuddi ona tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat formatidek)

Natijalarni tekshirish uchun har bir savolga beriladigan ballar va kalitlar ham savollar kitobidan oʻrin olgan.

Oʻzbek tili va adabiyoti 1-test
Oʻzbek tili va adabiyoti 2-test
Oʻzbek tili va adabiyoti 3-test
Oʻzbek tili va adabiyoti jamlanma (1-3-testlar)
Oʻzbek tili va adabiyoti 5-test
Oʻzbek tili va adabiyoti 6-test

ytest.uz saytidan Kirish yoki Boshlash tugmalari orqali roʻyxatdan oʻting. Milliy sertifikat testlari (PDF) boʻlimidan testlarni yuklab oling

Kanalga aʼzo boʻling:
@milliy_sertifikat
10.8K views12:37
Ochish/sharhlash
2024-06-10 11:42:45
6 oy intensive kursda tayyorlanib CEFR-MULTILEVEL B2 ,C1 olishni xohlaysizmi? Buni imkoni bor . Speaking+Vocabulary+Grammar+Listening+Reading+Writing yangicha metodlar orqali o'rgatiladi.
Darslar haftada 6 kun standart va interactive usullarda o'rgatiladi.
Juft Kunlari: Kelishiladi.
Daraja: a1,a2, b1,b2 bo'lishi kerak
Boshlanish sanasi: Tez orada

Soat: kelishiladi
O'qituvchi: FARRUX RAXIMOV va Boshqa ustozlar
Xona: 3-xona

Murojaat uchun:
+998902430033
@hellofar1234

Manzil: Qarshi shahar, "Beruniy" o'quv markazi

''Beruniy"' - sizning eng yaxshi tanlovingiz! Farzandlarimizni kelajagi hozir olayotgan ta'limiga bog'liq.



Noldan ingliz tili o'rganmoqchimisiz? UNDA shoshiling FARRUX RAXIMOVNING NOLDAN BEGINNER guruhlari ochilgan.

Sizga 10 yillik tajribaga ega, C1 darajali ustoz bilim beradi.

bizni
kuzatib boring @beruniy2015
5.2K views08:42
Ochish/sharhlash
2024-06-09 09:29:07
ytest.uz saytida mavjud matematika fanidan milliy sertifikat formatidagi namunaviy testlar:

Matematika 1-test
Matematika 2-test
Matematika 3-test
Matematika 4-test
Matematika 5-test
Matematika Jamlanma (1-5-testlar)
Matematika 6-test

Natijalarni tekshirish uchun har bir savolga beriladigan ballar va kalitlar ham savollar kitobidan oʻrin olgan.

ytest.uz saytidan Kirish yoki Boshlash tugmalari orqali roʻyxatdan oʻting. Milliy sertifikat testlari (PDF) boʻlimidan testlarni yuklab oling

Kanalga aʼzo boʻling:
@milliy_sertifikat
7.5K views06:29
Ochish/sharhlash