Get Mystery Box with random crypto!

🌟🌟🌟SCIENCE AND TECH🌟🌟🌟

Telegram kanalining logotibi milliy_7 — 🌟🌟🌟SCIENCE AND TECH🌟🌟🌟 S
Telegram kanalining logotibi milliy_7 — 🌟🌟🌟SCIENCE AND TECH🌟🌟🌟
Kanal manzili: @milliy_7
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 23
Kanalning ta’rifi

💥Qiziqarli jumboqlar,Oʻyinlar,Tanlovlar
💥Sizni ruxlantiruvchi Motivatsiyalar
💥Yangi dasturlar va oʻyinlar
💥TexnoYangiliklar,Texnologiyalar olami
💥Misollar,Mustaqil ishlar,Hisob grafik ishlari yechimlari
Siz bilan biz birinchimiz,INSHOLLOH

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-07-04 07:25:20 Tranzistor (ing . transfer — koʻchirmoq va rezistor) — elektr tebranishlarni kuchaytirish, generatsiyalash (hosil qilish) va oʻzgartirish uchun moʻljallangan 3 elektrodli yarimoʻtkazgich asbob. Mikroelektronika qurilmalarining asosiy elementi. Amerika olimlari J. Bardin, U. Bratteyn va U. Shokli 1948 yilda ixtiro qilishgan. Tuzilishi va tokni boshqarish mexanizmiga koʻra, T. 2 katta sinfga: bipolyar (oddiy T.) va unipolyar (dala T.i) sinflarga boʻlinadi. T.lar kichik quvvatli va kam shovqinli; impulsli; past, yuqori va oʻta yuqori chastotali; foto T.lar (yorugʻlik signallarini elektr signallariga oʻzgartiruvchi) va boshqa turlarga boʻlinadi. T.lar, asosan, germaniy, kremniy va boshqa monokristall yarimoʻtkazgich materiallardan yasaladi. Xalq orasida ixcham mikroelektron radiopriyomniklar ham T. deb yuritiladi.
78 viewsRaimov G'ayrat Fayzullayevich, 04:25
Ochish/sharhlash
2020-04-26 09:50:16 Яхши ният. Натижа сизни ҳайрон қолдириши мумкин ;-) Яқин кунларда қайси давлатда дам олишингиз мумкинлигини математика орқали илмий йўл билан текшириб кўринг.

1. 1 дан 9 гача бўлган исталган сонни танланг
2. Танлаган сонингизни 3 га кўпайтиринг
3. Чиққан жавобга 3 ни қўшинг
4. Яна бир марта 3 га кўпайтиринг
5. Ҳосил бўлган икки хонали сонни бир-бирига қўшинг

Бўлдими, ҳисобладингизми? Энди эса натижани кўриб олинг:

1. Қрим
2. Таиланд
3. Кариб ороллари
4. Сингапур
5. Доминикано
6. Греция
7. Туркия
8. Ибитса ороли
9. Уйда карантинда
10. Италия
11. Испания
12. Малдива
13. Кипр
14. Бразилия
15. Ҳиндистон
16. Индонезия
17. Миср
18. Дубай

Дам олишингиз мароқли ўтсин
194 viewsRaimov G'ayrat Fayzullayevich, 06:50
Ochish/sharhlash
2020-04-25 20:55:44 МИРЗО УЛУҒБЕКНИНГ НЕФРИТ ПИЁЛАСИ ҲАҚИДА ЭШИТГАНМИСИЗ?

Дунёга машҳур Британия музейида буюк аждодимиз Мирзо Улуғбекка тегишли яшил нефрит (яшма) тошидан ясалган коса сақланади. Музей сайтида берилган маълумотларга кўра, мазкур коса тахминан 1420-1449 йилллар оралиғида Самарқандда юксак маҳорат билан ишланган.

Коса овалсимон кўринишга эга бўлиб, унга тахминан 200-250 мл. суюқлик жойлашади. Қадимда одамлар орасида нефритдан ясалган идишга заҳарли суюқлик солинса у парчаланиб кетиши ҳақида афсоналар юрган.

Баландлиги 7,3 см, узунлиги 19,5 см, эни 12,4 см.га тенг у яшил тусдаги бу косанинг дастаси Хитой мифологиясидаги аждар кўринишини эсга солади. Коса дастасининг қарама қарши тарафига кумуш билан сайқал берилган, араб ёзувида туркий тилда буюк олим ва ҳукмдор Мирзо Улуғбек номи битилган.

Маълумки, Мирзо Улуғбек бошқа маъданларга қараганда нефрит тошини кўпроқ ёқтирган. Улуғбек томонидан Соҳибқирон қабри устига ўрнатилган тош ҳам нефритдан ясалган эди.

Нефрит коса Британия музейига Туркиядан 1959 йилда олиб келинган. Олимларнинг тахминича, Мирзо Улуғбек доим сув ичишда фойдаланган ушбу қимматбаҳо идиш унинг шогирди Али Қушчи томонидан Истанбулга олиб борилган бўлиши эҳтимолдан холи эмас.
123 viewsRaimov G'ayrat Fayzullayevich, 17:55
Ochish/sharhlash
2020-04-23 20:26:53
111 viewsJavohir Mavlonov, 17:26
Ochish/sharhlash
2020-04-18 18:12:14

Assalomu alaykum hurmatli bilimdonlar.

,,RAMAZON MUBORAK" deya nomlangan aqliy duel bo'yicha turnir boshlanayotganini barchangizga ma'lum qilamiz. Turnirda ishtirok etish istagida bo'lganlar 20-aprelga qadar ro'yxatdan o'tishlari kerak. Ro'yxatdan o'tishni @leytenant_2020 ga yozish orqali amalga oshirasiz.

QOIDALAR:

1.1 O'yinlar dastlab guruh bosqichi,so'ng pley-off shaklida bo'lib o'tadi.
1.2 Ro'yxatdan o'tganlar soniga qarab guruhlar shakllantiriladi.
1.3 Har bir guruhda 4 nafardan qatnashchilar joylashtiriladi.
1.4 Guruhlardan dastlabki ikki o'rinni olgan bilimdonlar pley-off ga chiqishadi va o'yinlarni davom ettirishadi.
1.5 FINAL O'YINI INSHALLAX RAMAZON OYIDA BO'LIB O'TADI.

2.1 Har bir duelga 5 tadan savollar beriladi.
2.2 Savollar faktga asoslangan va qiziqarli bo'ladi.
2.3 Birinchi bo'lib yuborilgan javob qabul qilinadi.
2.4 Javoblar iloji boricha imlo xatolarsiz yozilishi kerak.

3.1 Guruhda g'alaba uchun 3 ochko, durang uchun 1 ochkodan jamg'ariladi.
3.2 Pley-offda esa ga'laba qozongan ishtirokchi keyingi bosqichga o'tadi.
3.3 Agar pley-offda durang bo'lib qolsa bir kishi g'alaba qozonginicha qo'shimcha savollar o'ynaladi.
3.4 Final o'yinida 10 ta savol o'ynaladi.

Ro'yxatdan o'tishga shoshiling!!!
@leytenant_2020

Kanalga a'zo bo'lish uchun @ZakovatForYou linki ustiga bosing.
14 viewsJavohir Mavlonov, 15:12
Ochish/sharhlash
2020-04-12 09:50:05
159 viewsRaimov G'ayrat Fayzullayevich, 06:50
Ochish/sharhlash