Get Mystery Box with random crypto!

Biz bitiruvchilarimiz bilan faxrlanamiz! ⠀ Ibodullaev Fazliddi | One Million Uzbek Coders

Biz bitiruvchilarimiz bilan faxrlanamiz!

Ibodullaev Fazliddin - ''Ma'lumotlar tahlili'' yo'nalishi bitiruvchisi. One Million Uzbek Coders loyihasida yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli tugatib Nanodegree grantini qo'lga kiritgan. Hozirgi kunda u Toshkent shahridagi INHA Universiteti talabasi va o'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan.

Fazliddin ta'kidlaganidek, Ma'lumotlar tahlili yo'nalishidagi olgan bilim va tajribasi unga katta professional rivojlanish imkoniyatini bergan. Va u hozirgi kunda Toshkent shahridagi Invest Finance Bankida ma'lumotlar tahlilchisi bo'lib faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Videoni tomosha qiling va ''One Million Uzbek Coders'' loyihasi unga qanday yordam bergani haqida bilib oling.