Get Mystery Box with random crypto!

«One Million Uzbek Coders» talabalari uchun ikkinchi bepul int | One Million Uzbek Coders

«One Million Uzbek Coders» talabalari uchun ikkinchi bepul intensiv kurs

15-yanvar
kuni “Flutter yordamida E-commerce ilovasini yaratish” mavzusida onlayn kurs boshlanadi. Unda “StringFlix” kompaniyasi Senior-developeri “OMUC” loyihasining dasturlash boʻyicha bilimga ega barcha ishtirokchilari uchun maʼruza kurslari oʻtadi.

Kursdan nima kutsa boʻladi?

Bir oy ichida ishtirokchilar taklif qilingan mutaxassis bilan birgalikda ilova yaratishadi va yangi bilimlarga ega boʻlishadi.

Spiker haqida:

Sardor Islomov — 5 yildan ziyod tajribaga ega, asosan veb va mobil dasturlashga ixtisoslashgan Senior muhandis dasturchi. Sardor “Internet buyumlar”dan tortib elektron tijoratgacha boʻlgan yoʻnalishlarda turli loyihalar ishlab chiqqan. Ayni damda u “StringFlix” kompaniyasida Senior dasturchi boʻlib ishlamoqda.

Maʼruzalar bir oy davomida har seshanba va juma kunlari 19.00 da oʻzbek tilida boʻlib oʻtadi.

Birinchi maʼruzaga havola:

\_k