Get Mystery Box with random crypto!

Ajoyib yangilik! ⠀ Ma'lum etamizki, “One Million Uzbek Coders” | One Million Uzbek Coders

Ajoyib yangilik!

Ma'lum etamizki, “One Million Uzbek Coders” loyihasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari uchun 6000$ umumiy sovrin jamgʻarmasiga ega tanlov 1 fevralga qadar uzaytirildi!

Tanlovning maqsadi:
Loyiha doirasida oʻqituvchilarning professional yutuqlarini aniqlash va eʼtirof etish, shuningdek, oʻqituvchilarni taʼlim jarayonida innovatsion texnologiyalardan faol foydalanishga undash.

Tanlov ishtirokchilari:
Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari

Talablar:
Oʻqituvchilar va ularning talabalari tomonidan telegram guruhlarida va loyihaning ijtimoiy tarmoqlarida motivatsiya va faollik koʻrsatilishi.

Sovrinli oʻrinlar soni:
8

Tanlov tanlov ishtirokchisi boʻlish, ishtirokchilarining qanday baholanishi va boshqa tafsilotlar haqida saytimizda oʻqishingiz mumkin: https://clck.ru/RWDNj

Platforma havolasi: uzbekcoders.uz