Get Mystery Box with random crypto!

“One Million Uzbek Coders” ishtirokchilari uchun ajoyib yangil | One Million Uzbek Coders

“One Million Uzbek Coders” ishtirokchilari uchun ajoyib yangilik!

Biz loyihaning eng faol ishtirokchilari uchun umumiy sovrin jamgʻarmasi 6000$ bo‘lgan tanlovning ikkinchi toʻlqini 1 fevralgacha davom ettirilmoqda ekanligini ma'lum etishdan mamnunmiz!

Sizdan nima talab qilinadi?

Tashabbus ko‘rsatish, boshqa ishtirokchilarni ragʻbatlantirish, platformadan foydalanishda ko‘maklashish va telegramm va ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda oʻquv materiallarini oʻrganish.

Mualliflik maqolalarini, loyihalarda erishgan yutuqlari yoki IT mavzusidagi maqolalarni va loyiha ishtirokchilariga foydali boʻlgan yangi texnologiyalarni yuborish.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Endi nafaqat maktab aʼzolari!

Tanlov ishtirokchilari qanday baholanishi, tanlov ishtirokchisi boʻlish va boshqa tafsilotlar haqida bizning saytimizda oʻqishingiz mumkin:
https://clck.ru/RMv3e

Nashr muddati tugashi: 1.02.2021

Platforma havolasi: https://uzbekcoders.uz