Get Mystery Box with random crypto!

​Code.org bilan dasturlash ⠀ “One Million Uzbek Coders”ni | One Million Uzbek Coders

​Code.org bilan dasturlash

“One Million Uzbek Coders”ning bir yilligini nishonlashga bagʻishlangan tadbirda BAA Dubay kelajak Fondi direktori oʻrinbosari Abdulaziz Al-Jaziri uzoq kutilgan loyihaning yosh doirasi kengayishi – bolalarni dasturlashga oʻrgatish boʻyicha dunyoga mashxur Code.org platformasidagi kurslar mahalliylashtirilishini maʼlum qildi.

Endilikda Dubai Future Foundation, IT Park va Code.org hamkorligi tufayli 4 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar dasturlashni oʻzbek tilida mustaqil yoki sinf bilan birgalikda oʻrganishlari mumkin. Code.org platformasida dasturlash boʻyicha turli kurslar va yuzlab videodarslar taqdim etilgan. Aytish joizki, barcha resurslar oʻqituvchilar uchun metodik materiallar yordamida berib boriladi.

Code.org — bu notijorat sayti boʻlib, maqsadi barcha talabalarni kompyuter dasturlash bilan tanishtirishdir. Oʻquv jarayonlari odatda oʻyinlar koʻrinishida, dasturlash tillarining barcha boshlangʻich tushunchalarini qamragan holda olib boriladi.

Axborot texnologiyalarini olamini biz bilan oching!