Get Mystery Box with random crypto!

​​ Doʻstlar, “One Million Uzbek Coders” loyihasi bir yilligin | One Million Uzbek Coders

​​ Doʻstlar, “One Million Uzbek Coders” loyihasi bir yilligini biz bilan birga nishonlashga taklif qilamiz!

2020-yilning 16-dekabr kuni soat 11:00da “One Million Uzbek Coders” loyihasi bir yilligini onlayn tarzda nishonlaydi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari vaziri Muhammad Bin Abdulloh Al-Gergavi, Dubai Future Foundation direktori oʻrinbosari Abdulaziz Al-Jaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining oʻrinbosari Rustam Karimjonov va boshqalar ishtirok etishadi.

Tadbirda siz “One Million Uzbek Coders” loyihasi ishtirokchilarining muvaffiqiyat tarixini bilib olasiz, ularning har biri uzbekcoders.uz kurslaridan oʻtish tarixini aytib va koʻrsatib beradilar.

Ushbu kun quyidagi musobaqalarning gʻoliblari e’lon qilinadi:
IT Park Cup
Students Cup
Open Data Challenge 2020

Shuningdek, talabalarni code.org prezidenti oʻrinbosari Leonardo Ortiz Villakorta tomonidan kutilmagan sovgʻalar kutmoqda.

Jonli efirni biz bilan tomosha qiling!

Jonli efirga havola: