Get Mystery Box with random crypto!

“One Million Uzbek Coders” loyihasi ishtirokchilari uchun yang | One Million Uzbek Coders

“One Million Uzbek Coders” loyihasi ishtirokchilari uchun yangi yil tuhfasi!

Aynan bu yil siz uchun Nanodegree grantini olish uchun 3 emas, balki 4 ta imtihon oʻtkazishga qaror qildik!

Agar siz uzbekcoders.uz veb saytida oʻqiyotgan boʻlsangiz, unda trekning barcha vazifalarini bajarishga va laboratoriya ishlarini topshirishga shoshiling va 20-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan Udacity Nanodegree granti imtihonidan ikki kun oldin sertifikatlarga ega boʻling!

Arizalar topshirish muddati: 19-dekabr

Qanday qilib roʻyxatdan oʻtish mumkin:

Roʻyxatdan o'tish platformaning sinf xonasida amalga oshiriladi.

Roʻyxatdan oʻtishga shoshiling, chunki siz omadli 50 nafar grant egalaridan biri boʻlishingiz mumkin!

Batafsil ma'lumot: https://clck.ru/SHqQg