Get Mystery Box with random crypto!

#event Tez orada informatika o‘qituvchilari tanlovi bo‘yicha | One Million Uzbek Coders

#event

Tez orada informatika o‘qituvchilari tanlovi bo‘yicha yakuniy natijalar e’lon qilinadi

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi ko‘magida “eng ilg‘or o‘rta umumta’lim maktabi informatika o‘qituvchisi” tanlovi start olgani haqida xabar bergan edik.

Tanlov qoidalariga ko‘ra, o‘qituvchilar quyidagi shartlarni bajarishi lozim edi:
uzbekcoders.uz platformasidagi o‘quv kurslaridan birini tamomlash;
Ishtirokchi o‘qituvchi talabalari 20-aprelgacha “One Million Uzbek Coders” kurslarini muvaffaqiyatli bitirishi.

Hozirda arizalar Xalq ta’limi vazirligiga yuborilgan.

Yangiliklarni kuzatishda davom eting, g‘oliblar nomi tez orada e’lon qilinadi

Facebook | Instagram | Youtube | Website