Get Mystery Box with random crypto!

30-maydan 3-iyunga qadar Jenevada (Shveytsariya) World Summit | One Million Uzbek Coders

30-maydan 3-iyunga qadar Jenevada (Shveytsariya) World Summit on the Information Society Forum 2022 (WSIS 2022) yakuniy haftasi boʻlib oʻtadi.

Sammit BMT tashabbusi bilan tashkil etilgan.

2012-yildan boshlab BMT agentliklari va xalqaro tashkilotlar – BMT YIK, UNESCO, UNICEF, JSST ishtirokida WSIS doirasida har yili mamlakatlar, shaharlar va mintaqalar o‘rtasida ijtimoiy ahamiyatga ega IT xizmatlarini yaratishda erishilgan yutuqlariga bag‘ishlangan “WSIS Prizes” tanlovi oʻtkazib kelinmoqda.

IT Park tomonidan amalga oshirilgan Tumaris.Tech loyihasi “Capacity building” nominatsiyasida g‘olib bo'ldi.

Tumaris.Tech – IT Park tomonidan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan eng yirik loyihalardan biri. U 2020-yil iyul oyida ishga tushirilgan.

Ikki yil ichida loyiha 30 ta startap koʻrinishida oʻz samarasini berdi va 200 dan ortiq qizlar IT sohasida taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻldi.

Batafsil: https://bit.ly/3asZmJf