Get Mystery Box with random crypto!

Kompyuter sotib olish uchun foizsiz kredit oling! Eslatib | One Million Uzbek Coders

Kompyuter sotib olish uchun foizsiz kredit oling!

Eslatib o‘tamiz, “One Million Uzbek Coders” kurslari bitiruvchilariga kompyuter sotib olish uchun foizsiz kredit berish davom etmoqda!

Buning uchun nima qilish kerak?
“One Million Uzbek Coders” platformasidagi kurslarni ko‘pi bilan ikki oy oldin tamomlaganlik sertifikatiga ega bo‘lish;
Davlat xizmatlari Markaziga murojaat qilish va onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtish: https://my.gov.uz/ru/service/523;
Yoshlar ishlari Agentligidan tasdiqlashni kutish;
Quyidagi banklarga murojaat qilish: Aloqabank, Microcredit Bank va Xalq Bank.

Kredit 2 yilga beriladi va uning foizi yoshlar ishlari Agentligi tomonidan qoplanadi. Asosiy qarz, qarz oluvchi tomonidan toʻlanadi.

Batafsil maʼlumotni bizning veb-saytimizda bilib oling: https://clck.ru/enzLv