Get Mystery Box with random crypto!

Startap-loyihalar uchun korporativ akselerator! IT Park, “A | One Million Uzbek Coders

Startap-loyihalar uchun korporativ akselerator!

IT Park, “Aloqabank” tijorat banki va “Aloqaventures” Venchur fondi startap-loyihalar uchun “AloqaTech Lab” korporativ akseleratorini ishga tushirmoqda.

“AloqaTech Lab” – bu 3 oylik korporativ akselerator bo‘lib, u ekspertlar ko‘magi, hamda, loyihalarni ishga tushirish uchun texnik, moliyaviy va marketing yordamini o‘z ichiga oladi.

Loyiha yakunlangach, eng yaxshi startaplar 50 ming AQSH dollarigacha investitsiyalarni jalb qilishlari mumkin.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Startap g‘oyasi bilan boshlang‘ich jamoalar, ishlab chiqilgan biznes-modeli va MVPga ega bo‘lgan tajribali jamoalar, quyidagi yo‘nalishlarda: fintech, e-tijorat, bulutli texnologiyalar va SI.

Arizalar 8-apreldan 28-aprelgacha qabul qilinadi.

Havola orqali ariza topshirishingiz mumkin: http://aloqatechlab.uz/

Batafsil: https://clck.ru/ensD6