Get Mystery Box with random crypto!

Dasturlashda nimalarga qodir ekanligingizni ko'rsatishga tayyo | One Million Uzbek Coders

Dasturlashda nimalarga qodir ekanligingizni ko'rsatishga tayyormisiz?

Dasturlash bo’yicha bilimingizni sinab ko’rishingiz uchun siz bilan xalqaro miqyosda o’tkazib kelinadigan turnirlar bilan ulashamiz.

Google Code Jam
Bu 2003-yildan buyon har yili o'tkazib kelinayotgan dasturlash bo’yicha musobaqadir. Unda ishtirokchilar belgilangan vaqt davomida algoritmik masalalarni yechadilar va buning uchun istalgan dasturlash tilidan foydalanishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish 1-mart kuni boshlanadi.
Havola: https://clck.ru/bwSaN havolasi orqali ochiladi

Google Kick Start
Bu Google muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan uch soatlik raundlardan iborat algoritmik masalalarni yechish bo’yicha yirik onlayn dasturlash musobaqasidir. Musobaqalar yakunlangach, ishtirokchilar Google kompaniyasida suhbatdan o’tish imkoniyatiga ega bo'lishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish 1-fevral kuni boshlanadi. Havola: https://clck.ru/bwT69

O’z ustingizda ishlang, yangiliklar kashf qiling va sohada eng zo’ri bo'ling