Get Mystery Box with random crypto!

Ko‘r bizning ahvolimiz, g‘aflatda qanday yotamiz, Joyi kelgan | Миллион Китоб

Ko‘r bizning ahvolimiz, g‘aflatda qanday yotamiz,
Joyi kelgan chog‘ida vijdonni pulg‘a sotamiz.
O‘g‘limizg‘a na adab, na fan, na yaxshi so‘ylamak,
Na xudoni buyrug‘i bulgan ulum o‘rgotamiz.

Korimiz shundan iborat bo‘ldi ushbu vaqtda,
O‘ntadin bedona boqib yozu qish sayrotamiz.
Hamda har kun takyalarda nasha ko‘knori chekib,
Bachchag‘a kokil solib, oh-voh ila o‘ynotamiz.

Qarimiz, boyonimiz, balki bu vaqt oqvondamiz,
Nogahon ko‘rsak agar bir besoqolni qotamiz.
O‘rtadan chiqsa agar millatni yaxshi suyguchi,
Biz ani dahriy sanab, to‘fangcha birla otamiz.

Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g‘ayrat qiling,
Uxlaganlarni agar qodir esak uyg‘otamiz.

A. Qodiriy

Kitob to’plam holida: 300.000 so’m.

(Kitob alohida ham sotiladi, lekin to’plam holda olish tavsiya etiladi)

• Buyurtma uchun: @qamar_delivery
Tel: +998998454400

Manzil: Alisher Navoiy ko'chasi, 42-uy.

@qamarbooks