Get Mystery Box with random crypto!

Bir kuni muallim sinf taxtasiga quyidagilarni yozdi: 9 x 1 = | 𝐌𝐢𝐥𝐥𝐢𝐨𝐧𝐞𝐫𝐬 𝐌𝐞𝐧𝐭𝐨𝐫

Bir kuni muallim sinf taxtasiga quyidagilarni yozdi:

9 x 1 = 7
9 x 2= 18
9 x 3 = 27
9 x 4 = 36
9 x 5 = 45
9 x 6 = 54
9 x 7 = 63
9 x 8 = 72
9 x 9 = 81
9 x 10= 90

Yozib bo‘lib orqaga qaradi. O‘quvchilar birinchi ko‘paytiruvning xatoligidan kulayotgan edilar. O‘qituvchi ularga : "Men uni ataylab xato yozdim. Chunki men bugun sizlarga bir muhim narsani o‘rgatmoqchiman. Bu narsa insonlarning siz bilan qanday muomala qilishlaridir. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz men to‘qqizta keyingi ko‘paytiruvni to‘g‘ri yozdim. Shunday bo‘lsada meni birov bu bilan tabriklamadi. Hamma birgina xatoyimdan kulib o‘tirdi. Atrofingizdagi ko‘p insonlar ana shunday. Ular agar million marta to‘g‘ri ish qilsang e’tibor berishmaydi. Agar birgina xato qilib qo‘ysang bormi, ularning tanqid yomg‘irlari ostida qolasan.

Sizni istehzo qilguvchilarning ko‘pligi harakatdan to‘xtatib qo‘ymasin. Insonlardagi faqatgina xato va toyilishni ko‘radiganlarni insonlar hurmat va ehtirom qilishmaydi".


• Millioners Mentor
@millioners_mentor