Get Mystery Box with random crypto!

Aslida hammasi sen o'ylaganingdek emas Senga dars vaqti baqir | 👑 MILLIONER MAKTABI | UZ 🇺🇿

Aslida hammasi sen o'ylaganingdek emas

Senga dars vaqti baqirayotgan o'qituvching aslida seni yomon ko'rmaydi. Shunchaki sen uning barcha alamlari bo'g'ziga qadalgan vaqtiga to'g'ri kelib qolding.( Yoki sendan oldin 10marotaba berilgan savolni 11marta bergansan)

Ota-onang seni yomon ko'rishmaydi. Doimiy baqirish va urshishlarning sababi esa oddiy. Shunchaki ular farzandini to'g'ri yo'nalishga yo'naltirishning eng yaxshi usuli shu deb bilishadi.

Sening qong'iroqlaringga javob bermayotgan inson seni eshitishni xohlamayotganidan ko'tarmayotgani yo'q. Aslida senga qulay bo'lgan vaqt unga noqulay bo'layotgan bo'lishi mumkin.

Senga har kuni kulib salom beradigan ishxonangdagi qiz seni yaxshi ko'rib qolmagan. Aslida u hammaga xuddi shunday xushmomila)

Biz doim har bir voqeadan o'zimiz tomondan qarab, bizga qulay xulosalarni olishga o'rganib qolganmiz. Lekin bu dunyo tasodiflarga to'la.Aslida bu post ham senga atalmagan. Aslida hammasi boshqacha)

Yaqinlaringizni ham Maktabimizga taklif qiling
@MillionerMaktabiUz