Get Mystery Box with random crypto!

96 yoshli Villiam Snel dan «Hayotning kichik tuzlimasi» ro‘yxa | МИЛЛИОНЕР АШУРОВ

96 yoshli Villiam Snel dan «Hayotning kichik tuzlimasi» ro‘yxati (1993 yil)

Cho‘milayotganda qo‘shiq kuylang;

Bir yilda bir marotaba quyosh chiqishini tomosha qiling;

Hammadan mamnun bo‘ling;

Uyda pishirilgan narsani hech qachon rad etmang;

Tug‘ilgan kuningizda daraxt eking;

Hazilga moyil bo‘ling;

Bo‘sh narsani qarzga olsangiz, uni qaytarishdan oldin ichini qandaydir narsaga to‘ldirib bering;

Odamlarga ularni sevishingizni aytishni hech qachon keyinga qoldirmang;

Olgan narsangizni berayotib yaxshi xolatda qaytaring;

Ish xarakatni osonlashtiring;

Ijobiy fikrlaydigan inson bo‘ling;

Kechirim so‘rashni o‘rganing;

«Raxmat» so‘zini ko‘proq ayting;

«Iltimos» so‘zini ko‘proq ayting;

Negativ odamlardan uzoqroq yuring;

Doim oyoq kiyimni toza tutib kiyib yuring;

Boshqa odamlarning tug‘ilgan kunlari sanasini doim yodda saqlang;

Qo‘l berib so‘rashganda dadil bo‘ling;

Odamlarni ko‘ziga qarang;

Doim birinchilardan bo‘lib salom berishga odatlaning;

Birovdan olgan buyumni albatta o‘z vaqtida qaytaring;

Yangi do‘stlarni topganda eskilarini unutib qo‘ymang;

Sir saqlashda qat’iy bo‘ling;

Har baxor kelganda gul ekishga odatlaning;

Hayvonlardan it boqishni odat qiling;

Boshqalarni ayblashni to‘xtating;

Hayotingizni har bir qismi uchun javobgar ekanligingizni unutmang;

Odamlarga kerak bo‘lgan paytingiz doim ularning yonida bo‘ling;

Hayotni yanada chiroyli bo‘lib ketishini kutib o‘tirmang;

Sevgining kuchiga hech qachon past baxo bermang;

«Men xato qildim» degan so‘zni aytishdan hech qachon qo‘rqmang;

«Men bilmayman» degan so‘zni aytishdan hech qachon qo‘rqmang;

Bergan va’dangizni bajaring;

Turmush qurishda sevgini asosiy o‘ringa qo‘ying;

Eski do‘stlikni qayta uyg‘oting;

Ota-onangizga, agar ular hayot bo‘lishsa, albatta qo‘ng‘iroq qiling;

Millioner Ashurov | Moliyaviy maslahatchi

@millionerashurov