Get Mystery Box with random crypto!

Sevmoq... Jondan ortiq ko‘rmoq... Hamma-hammasidan ko‘p sevmoq | Mille.uz

Sevmoq... Jondan ortiq ko‘rmoq... Hamma-hammasidan ko‘p sevmoq. Bu shunday sevgiki, har sevaman deganning yuzini yerga qaratadi. Bu sevgida habib va mahbubning qadri va qadari bir bo'ladi. Ular bir tan-u bir jonga aylanadilar. Bir-birlariga singib ketadilar. Bir-birlaridan boshqani ko'rmaydilar. Bilmaydilar. Sezmaydilar. Sevmaydilar. Rasulalloh sollallohu alayhi vasallamni shunday sevdilar. Sevgilaridan ortiq sevgini u zot alayhissalomda ko'rdilar. Ota va onalarini jamlab fido qilib sevdilar. Moli-yu jonlarini sadqa qilib sevdilar. Sevdilar, sevaverdilar. Sevildilar, sevilaverdilar!

«Yo nasib» — Osman Sungur Yeken

@mille_uz - kitob o'qishni odat qilishingizni istaymiz :)