Get Mystery Box with random crypto!

Kun bugundir!    Tong otgach, tunni kutmagin, yaxshi-yomon o' | Mille.uz

Kun bugundir!

   Tong otgach, tunni kutmagin, yaxshi-yomon o'tgan kechagi kunni emas, hali kelib ulgurmagan ertani ham emas, yashayotgan buguningni o'ylagin.
   Quyoshi charaqlagan bu kun - sening kuning, bir kunlik umr... Go'yo bu kunda tug'ilib, shu kunda o'ladigandek, bugungi hayotingni bugun uchun bag'ishlagin. Shundagina sening hayoting o'tmish g'am tashvishlari, kelajakning xatarnok sharpalariga to'qnash kelmaydi.
   Barcha ijod, mehnatlaringni buguning uchun sarflagin.
   Bu kunda xushu bilan namoz o'qigin, tadabbur bilan Qur'on tilovat qil, buguning haqida mushohada yurit, husni xulqli bo'lgin, qazoi qadarga rozi bo'l, o'zgalarga manfaat yetkaz.
   Bu kunda soat daqiqalarni yillarga, soniyalarni oylarga aylantirgin, bu kunda yaxshilikni ekib, go'zallik hosilini yig'ib olgin, gunohlardan mag'firat so'ra Parvardigorni zikr qil, rihlat tadorigini ko'r, bu kunni xursandchilik bilan o'tkazgin, risqu ro'zga, Olloh taolo senga bergan ne'matlarga rozi bo'lgin. "Bas, senga ato etgan narsamni olgin va shukr qiluvchilardan bo'lgin!". ["A'rof" surasi, 144-oyat]. Bu kunni qayg'u hasratsiz, gina-hasadsiz o'tkazgin.
   Ushbu so'zlarni qalbing oynasiga yozib qo'ygin: KUN BUGUNINGDIR!

Shayx Oiz al-Qarniy "Mahzun bo'lma" kitobidan

@mille_uz - kitob o'qishni odat qilishingizni istaymiz:)