Get Mystery Box with random crypto!

​​Har bahorda shu boʻlar takror! ​​Har yili Ramazon oyida shu | Noname🪐

​​Har bahorda shu boʻlar takror!

​​Har yili Ramazon oyida shu narsa avj oladi. Ahmoqlikning oliy namunasi. Kap-katta go'rso'xta erkaklar shuni erinmay yozib osib chiqishadi, boshqa go'rso'xtalar guruh-u kanallarga tarqatib yurishadi xuddi zo'r ish qilayotganday. Ey nafsning bandasi, sening hirsing hayvonnikidak bo'lsa xotin-qizlarda nima ayb? Onging yo'qmi? Bu xuddi "bolalar qo'li yetadigan joyga qo'yilmasin" ogohlantirishi kabi. Qizlar, bunaqalarning sizga ko'zi tushsa tahorati buzilib ro'zasi ochilib qolarkan. O'rgildim bunaqa iymoningdan. Shu o'rinda Majnun haqida bir rivoyat :

Bir kuni Majnun xayol bilan yurarkan, sahroda namoz o'qib o'tirgan odamning oldidan o'tibdi. Uning jahli chiqib o'dag'aylabdi:
– Ey devona, shuncha joy turib oldimdan o'tasanmi? Ko'rmayapsanmi namoz o'qiyapman?
Majnun javob beribdi:
– Men bir Laylining ishqida seni ko'rmay qolibman, sen Allohning ishqida bo'la turib meni qanday payqading?..

@salimov_blogi