Get Mystery Box with random crypto!

Bu uy koʻngilsiz qoldi. Suhbatlashishga soʻz yoʻq. Hammani | Milk and Mocha

Bu uy
koʻngilsiz qoldi.

Suhbatlashishga
soʻz yoʻq.

Hammaning
oʻz sukunati bor
endi:
hech kim kirolmaydigan,
hech kim tushunmaydigan,
hech kim chidolmaydigan...

Uyda parcha-parcha sukunatlar
aylanib yurishar:
har birining oʻz mantigʻi,
oʻz haqiqati,
oʻzining chegarasi bor –
h e ch k i m oʻ t o l m a y d i!

Bu uy koʻngilsiz qoldi.
Bor-yoʻgʻi,
koʻngilsiz qoldi bu uy.