Get Mystery Box with random crypto!

#Prezident_Farmoni_ijroda Kambag‘allikni qisqartirish ва band | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Prezident_Farmoni_ijroda

Kambag‘allikni qisqartirish ва bandlik vazirligi hamda tizim tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruh a’zolari Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida bo‘lib, xorijda ishlash istagida bo‘lgan hamda chet elda ishlab qaytgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Unda Prezidentimizning 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-son Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Qashqadaryo viloyatidagi ishchi guruh Farmon ijrosi doirasida Qarshi shahridagi "INTERNATIONAL Bridge" va "DaF Sprachzentrum" o'quv markazlari faoliyati bilan tanishdi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish